Osiyo chempionlar ligasi pley-off bahslari: Nasaf Al-Aynga qarshi to‘p suradi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Soat 19:00da boshlanadi
Foto: Nasaf FK

Bugun, 14-fevral kuni soat 19:00 Osiyo chempionlar ligasi (OCHL) 1/8 finaliga start beriladi. Qarshining Nasaf futbol klubi BAAning Al-Ayn jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Nasaf klubining bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev uchrashuvdan oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoa va o‘yin haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘yin yuqori va tez tempda o‘tmaydi, chunki jamoalar ta‘tildan so‘ng mashg‘ulotga qaytishgan. Biroq, o‘yin taktik va kurashlarga boy bahs bo‘ladi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonning ikki futbol klubi OFK chempionlar ligasi nimchorak finaliga yo‘l olganini e‘lon qilgan edi.

Shuningdek