Rossotrudnichestvo: Qudratxo‘jayev – “yakkamohov” va ota-onasi uni yomon tarbiyalashgan

eʼlon qilindi
Tashkilot O‘zbekiston Milliy OAV assotsiatsiyasi rahbarining bayonotlariga javob qaytardi

«Rossotrudnichestvo» O‘zbekiston Milliy OAV assotsiatsiyasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi Jamoatchilik kengashi bilan o‘zaro hamkorlikni to‘xtatadi, deb ma’lum qildi Rossiya tashkiloti rahbari Yevgeniy Primakov «TASS» nashriga. Sababi, ushbu tuzilmalar rahbari Sherzod Qudratxo‘janing «rusofobik» bayonotlari, deya izoh berdi agentlikda.

Avvalroq Sherzod Qudratxo‘ja davlat tilini bilmaydigan O‘zbekiston aholisi o‘zini «bosqinchi yoki ahmoq» deb tanlashi kerakligini aytgan edi.

«Ishonchim komilki, Rossiyada taʼlim olmoqchi boʻlgan yuzlab va minglab yoshlar, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻsib borayotgan tovar ayirboshlash, turizm, doʻstlik qadriyatlari, oʻzaro yordam, Ulugʻ Vatan urushining tarixiy xotirasini birlashtirib turadi. Biz, zilziladan keyin Toshkentning qayta tiklanishi, bularning barchasi va yana ko‘p narsalar rusofob Qudratxo‘jaevning “yakkamohov» va ota-onasi uni yomon tarbiyalashgani har daqiqada tasdiqlaydi”, — dedi Primakov.

 «Aminmanki, janob Qudratxo‘jaev nafaqat o‘zi, balki yaqinlari ham xafa bo‘lishmaydi Rossiyada o‘qish, u bilan foydali biznes yuritish, stajirovkada qatnashish va hokazo imkoniyatlardan foydalana olmasa, hatto yoqtirmagan davlatiga tahsrif buyurmasa»— deya qo‘shimcha qildi u.

“Rossotrudnichestvo» rahbari, shuningdek, O‘zbekiston media assotsiatsiyasi rahbarining bayonotlari mamlakatda ommabop emas, degan fikrga asos borligini ta’kidladi.

Avvalroq, O‘zbekistonda rossiyalik yozuvchi va davlat arbobi Zaxar Prilepinning mamlakatni Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shib olish va shu orqali O‘zbekiston Respublikasidan kelgan mehnat muhojirlariga rus tilini o‘rgatish masalasini hal etishni taklif qilgan so‘zlari keskin munosabat bildirgan edi.

Shuningdek