2023-yilda Xitoy internet-kompaniyalarining daromadi sezilarli darajada oʻsdi

eʼlon qilindi
O'sish deyarli 7% ni tashkil etdi

Foto: Unsplash

Xitoyning eng yirik internet-kompaniyalarining 2023-yildagi umumiy operatsion daromadi taxminan 1,75 trillion yuanni (247 milliard dollar) tashkil etdi.

Bu haqda «Jenmin Jibao» nashri mamlakat Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi maʼlumotlariga tayanib xabar qilmoqda. Hisob-kitoblariga koʻra, internet tarmogʻidagi operatsion daromadlar o‘tgan yilga qaraganda 6,8 foizga oshgan.

kompaniyalarining umumiy foydasi 129,5 milliard yuanga (18 milliard dollar) yetdi. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichlarga nisbatan 0,5 foizga koʻpdir.

Taʼkidlab oʻtish joizki, Xitoy vazirligi faqatgina yillik daromadi 20 million yuan (2,8 million dollar) va undan yuqori boʻlgan kompaniyalarning ish faoliyatini hisobga olgan.

Oldinroq Oʻzbekistonda Xitoy kompaniyalari uchun yuqori texnologik parklar ochilishi mumkinligini haqda ma’lum qilgan edik.

Shuningdek