Nasaf va Al-Ayn g‘olibni aniqlashmadi

eʼlon qilindi
Hisob 0:0
Foto: FK Nasaf

14-fevral kuni soat 19:00 Osiyo chempion ligasi (OCHL) 1/8 finalida Qarshining Nasaf jamoasi BAAning Al-Ayn klubi bilan durang o‘ynadi.

O‘yinning 1-taymning boshi mezbonlar hujumi bilan o‘tdi, biroq raqib himoyachilari va darvozabon xavfli vaziyatlarni bartaraf qilishdi va hisob o‘zgarmadi.

2-taymda esa mehmonlar o‘yinni o‘z qo‘liga oldi va Nasaf jarima maydonida xavfli zarbalar berishni boshlashdi, ammo Abduvohid Neʼmatov darvozasini dahlsiz qoldirdi va hisob 0:0 bo‘lib yakunlandi.

Avvalroq, «Kursiv» Qatar ketma-ket ikkinchi marotaba Osiyo Kubogi chempioni bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek