Oʻzbekistonda qancha yuk mashinasi ortiqcha yuk bilan harakatlangani aniqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2023-yilda nazoratdan oʻtkazilgan 762 855 yuk avtomobillarining 1909 tasida ortiqcha yuk bilan harakatlangani ma’lum bo‘ldi

Foto: Unsplash

Joriy yil boshidan beri Oʻzbekistonda 91,3 mingta yuk avtomobillari ogʻirlik nazoratidan oʻtkazilib, shundan 517 tasi ruxsat etilgan meʼyordan ortiq yuk bilan harakatlangani aniqlandi. Bu haqda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva AOKAda tashkil qilingan brifingda maʼlum qildi.

Hududlar kesimida, joriy yilda Qamchiq dovonida 89 616 ta yuk avtotransport vositasi nazoratdan oʻtkazilgan va 189 tasida qoidabuzarlik aniqlangan.

Eng koʻp qoidabuzarlik holatlari Qoraqalpogʻiston, Andijon, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan. Shuningdek, 2023-yilda nazoratdan oʻtkazilgan 762 855 yuk avtomobillarining 1909 tasida ortiqcha yuk bilan harakatlangani ma’lum bo‘ldi.

Maʼlumot uchun, stasionar tarozilar Qamchiq dovonidan oʻtuvchi A373 avtomobil yoʻlining 193 va 273 kilometrlarida, Qoraqalpogʻiston hududidan oʻtuvchi A380 avtomobil yoʻlining 661 kilometrida hamda 4R160 avtomobil yoʻlining 0,6 kilometrida tashkil qilingan. Qolgan hududlarda boʻlsa, koʻchma nazorat punktlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Shuningdek