FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi, unga ko‘ra O’zbekiston 2 pog‘onaga ko‘tarilib, 66-o‘rinni egallab turibdi.
Aytish joizki, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida chorak finalga yo‘l olgani sababli o‘z pog‘onasini FIFA reytingida yaxshiladi.
Markaziy Osiyoda O‘zbekiston terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda, undan keyin Tojikiston (99-o‘rin), Qozog‘iston (100-o‘rin), Qirg‘iziston (104-o‘rin) va Turkmaniston (141-o‘rin) bormoqda.
Avvalroq, «Kursiv» Osiyo chempionlar ligasi pley-off bahslari: Navbahor va Al-Ittihod kuch sinashadi, deb xabar bergan edi.