Rossiya bosh vaziri Samarqand shahrida RFning bosh konsulligini ochish toʻgʻrisidagi farmoyishni imzoladi

eʼlon qilindi
Xarajatlarni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi oʻz zimmasiga olgan
Foto: AleksTaurus / www.depositphotos.com

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining Bosh konsulligini ochish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida eʼlon qilindi.

Farmonda muassasaning ochilish sanasi koʻrsatilmagan, lekin xarajatlarni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi oʻz zimmasiga olgan.

Oldinroq davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin 2023-yil oktyabr oyida Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining Bosh konsulligini ochishga kelishib olganligi haqida xabar bergan edik.

Maʼlumot uchun, hozirgi vaqtda Toshkent shahrida Rossiya federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchixonasining konsullik boʻlimi faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek