O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi «yashil energiya» sertifikatlari savdosini yo‘lga qo‘ydi. Sotuvchi «O‘zbekgidroenergo» AJ hisoblanadi.
Sotuvchi standart birja shartnomasini ochdi. Har bir sertifikat qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda 1000 kVt/soat ishlab chiqarishni tasdiqlaydi.
Sertifikatning birinchi birja kotirovkasi har bir qimmatli qog‘oz uchun 13 360,0 so‘mni tashkil etdi.
Birjada mahalliy korxonalar ham, yakka tartibdagi tadbirkorlar ham, xorijiy kompaniyalar ham ishtirok etishlari mumkin.
Sertifikatlarni sotish qayta tiklanadigan energiya loyihalari uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qiladi. Yashil energiyaga sarmoya kiritayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni eksport qilishda imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Senat tomonidan yanvar oyida ma’qullangan qonunga ko‘ra, bunday qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘lar daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda «yashil energiya» sertifikatlari tizimi prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 12-maydagi farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda. Birja shu maqsadda alohida yashil energiya bo‘limini ochdi.
Tartibga soluvchi Iqtisodiyot vazirligi boʻlib, qayta tiklanadigan energiyani sertifikatlashtirish xalqaro tashkiloti (I-REC) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan.