OpenAI-ning yangi SI vositasi matnni videoga aylantira oladi

eʼlon qilindi
Kompaniya Sora modelini taqdim etdi
Foto: Unsplash

Amerikaning OpenAI texnologik kompaniyasi yangi modelini taqdim etdi. Sora sun’iy intellekt (SI) modeli matn tavsifi asosida videolarni yaratishga qodir, deyiladi dasturchining rasmiy saytida.

 «Sora foydalanuvchilarning video mazmuni va vizual sifati boʻyicha soʻrovlarini bajarib, bir daqiqagacha boʻlgan videolarni yaratishi mumkin», deyiladi xabarda.

Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, yangi sun’iy intellekt modeli bir nechta aktyorlar, batafsil fon va turli harakat turlari ishtirokidagi murakkab sahnalarni yaratishga qodir. Shu bilan birga, Sora nafaqat foydalanuvchi so‘rovini, balki uni to‘ldirishi mumkin bo‘lgan real obyektlarni ham hisobga oladi.

Sora, shuningdek, umumiy atmosferani, vizual uslubni va belgilarni saqlab, bitta videoni bir qator qisqaroq videolarga(shorts) aylantirishi mumkin.

Hozirgi modelda bir qator kamchiliklar mavjud. Murakkab videolarni yaratishda harakat simulyatsiyasi bilan bog‘liq muammolarga duch kelish mumkin. Shuningdek, Sora har doim ham sahnadagi sabab-oqibat munosabatlarini aks ettira olmaydi. Misol uchun, videodagi odam pechenyeni tishlashi mumkin, ammo keyingi sahnada shirinlik butun bo‘ladi.

Model hali ommaga taqdim etilmagan.

Avvalroq, «Kursiv» OpenAI bosh direktori SI xalqaro regulyatorini yaratishga chaqirganini yozgan edi.

Shuningdek