Avgust oyi oxirida Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Chempionat Markaziy Osiyodagi yagona eshkak eshish kanalida o‘tkaziladi. Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridan keyin tashkil etiladigan musobaqada atletlar noolimpiya masofalarida bellashishadi. Chempionat 23-25 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, «Kursiv» o‘zbekistonlik kanoechi Artur Guliyev Germaniyadagi musobaqada jahon chempioni bo‘lganini yozgan edi.