Oʻzbekiston oʻz qonunchilik normalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirdi

eʼlon qilindi
Bu tashkilotga kirishni tezlashtirish uchun kerak
Foto: JST

O‘zbekistonda qonun hujjatlariga Jahon savdo tashkiloti (JST) qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritildi. Ularning barchasi bitta qonunda to’plangan. Qabul qilingan hujjatda O‘zbekistonning mazkur xalqaro tashkilotga kirishini tezlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilayotgani qayd etilgan.

Xususan, «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida»gi qonunga kiritilayotgan oʻzgartirish yangi foydali modellarni amaliyotga joriy qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu esa yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga va bozorni toʻldirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, «Reklama toʻgʻrisida»gi qonun Jahon savdo tashkilotining Xizmatlar savdosi boʻyicha bosh bitimida nazarda tutilgan meʼyorlar bilan oʻzaro muvofiqlashtirilib, erkin raqobat muhitining yaratilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunga ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilishga yordam beradigan qoidalar qo‘shildi.

Qonunda ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish uchun patent berishga davlat bojlari miqdorlari Intellektual mulkning savdo jihatlari boʻyicha JST bitimi talablariga uygʻunlashtirildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi mamlakat uchun ustuvor vazifa ekanini yozgan edi.

Shuningdek