Toshkentda palov uchun asosiy  masalliqlar narxi ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Guruch va piyoz eng ko‘p qimmatlashgan
Foto: Piqsels.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, poytaxtning 13 ta bozorida guruch, piyoz va sabzi oʻrtacha narxlari 2023-yilda eng yuqori oʻsishni koʻrsatdi. Guruch – 70,1 foizga, piyoz – 35,7 foizga, sabzi – 28 foizga qimmatlashdi.

Guruch – 20 ming so‘m, piyoz va sabzi esa 5 ming so‘m atrofida.

Tuxum 19,5 foizga oshdi va hozirda o‘n dona tuxum narxi o‘rtacha 13,9 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Shakar va un 18,9 foizga qimmatlashdi – mos ravishda bir kg uchun 13,8 va 9,7 ming so‘mgacha.

Go‘shtlardan mol go‘shti eng ko‘p (+15,2foiz) oshib, 1 kg uchun 80,6 ming so‘mni tashkil qildi.

O‘tgan yili arzonlashgan yagona mahsulot kungaboqar yog‘i edi. Uning narxi 9,7 foizga o‘zgartirilib, litri uchun 19,6 ming so’mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yanvar oyida yillik inflyatsiya 8,5 foizni tashkil qilgan. Bu so‘nggi besh yildagi eng past ko‘rsatkichdir.

Shuningdek