Yangiliklar

17-fevral kuni respublikada havo sovuq bo‘ladi

Qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: Kursiv/ Zohid Qurbonov

Bugun, 17-fevral kuni havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi, yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Harorat darajasi 0-5 sovuq bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘maydi. Ertalab va kechasi tuman tushishi ehtimoli bor va yollarda yaxmalak kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 0-1 daraja sovuq bo‘ladi, kechasi esa 3-5 daraja sovuq.

Tog‘li hududlarda esa havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli qor yoki yomg‘ir yog‘ishi mumkin va qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin va yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Harorat kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi, kechasi esa 3-8 sovuq bo‘ladi.