
Uzbekistan Airports milliy va xorijiy aviakompaniyalarning yettita reysi kechiktirilgani haqida xabar berdi. Bunga samolyotlarning kech yetib kelgani sabab bo‘lgan.

Eslatib oʻtamiz, 16-fevral, juma kuni qor yogʻishi sababli Oʻzbekiston va xorijiy aviatashuvchilarning bir nechta reyslari muqobil aerodromlarga koʻchirilgan yoki qoldirilgan edi.