Sud Trampni firibgarlik ishi bo‘yicha 355 million dollar jarimaga tortdi

eʼlon qilindi
Uning o'g'illari ham javobgarlikga tortildi
Foto: Reuters

Nyu-York sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni firibgarlikda aybdor deb topib, uni 354,9 million dollar to‘lashga majbur qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Oq uyning sobiq rahbari va uning o‘g‘illari daromadli kreditlar olish uchun ularning boyligini 3,6 milliard dollarga oshirganlikda ayblangan.

Jarimadan tashqari, Trampga uch yil davomida har qanday Nyu-York korporatsiyasi direktori lavozimida ishlash taqiqlangan.

Siyosatchining ikki o‘g‘illari Donald-junior va Erik har biri 4 million dollardan jarima to‘laydi. Shuningdek, ularga ikki yil davomida rahbarlik lavozimlarida ishlash taqiqlanadi.

«Ularning tavba qilishning to’liq yo’qligi patologiya bilan chegaralanadi», dedi sudya Artur Engoron.

O‘z navbatida, sobiq prezidentning advokati Alina Xabba qarorni adolatsiz deb atadi. Ma’lumki, Tramp himoyasi apellyatsiya berish niyatida.

Avvalroq, Kursiv shu yilning fevral oyi boshida sud Donald Trampga jinoiy daxlsizlik berishdan bosh tortgani haqida yozgan edi.

Shuningdek