BAFTA kino mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
"Oppengeymer" eng yaxshi film bo‘ldi
Foto: AP

Kino sanoatida mukofotlar mavsumi davom etmoqda. Bir kun avval Britaniya kino va televideniye sanʼati akademiyasi (BAFTA) gʻoliblarni eʼlon qildi.

Eng yaxshi erkak roli uchun mukofot «Oppengeymer» dramasida olim Robert Oppengeymer rolini ijro etgan irlandiyalik aktyor Killian Merfiga topshirildi. Ushbu filmning rejissyori Kristofer Nolan o‘zining professional nominatsiyasida g‘alaba qozondi. «Oppengeymer» ham 2023-yilning eng yaxshi filmi deb topildi.

Amerikalik aktrisa Emma Stoun «Eng yaxshi ayol roli» nominatsiyasida «Kambag‘allar va baxtsizlar» filmidagi ishi uchun g‘olib bo‘ldi.

«Ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol roli» uchun mukofot «Qolib ketganlar» filmi uchun Davayn Joy Rendolfga nasib qilgan bo‘lsa, erkak aktyorlar orasida xuddi shunday mukofotni «Oppengeymer» filmi uchun kichik Robert Dauni.

Avvalroq, Kursiv «Oltin globus» sovrindorlari haqida yozgan edi. Ularning ro‘yxati asosan BAFTA g‘oliblari ro‘yxatiga o‘xshash. Ushbu mukofotlarning natijalari Oskar natijalarini prognoz qilish uchun ko‘rsatkich hisoblanadi.

Shuningdek