Eron muzeyi Buxoro uchun ko‘rgazma tayyorlaydi

eʼlon qilindi
Ko‘rgazma olim va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning hayoti haqida bo‘lib o‘tadi
Foto: Pixabay

Eronning Hamadon shahrida joylashgan olim va faylasuf Abu Ali ibn Sino muzeyida Buxoro viloyatida ko‘rgazma tashkil etilmoqda, deb xabar berdi O‘zR Madaniy meros agentligi.

Tadbir 2024-yilning uchinchi choragida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

«Ushbu ko‘rgazma minglab sayyohlar va ilm ahli uchun ulug‘ arbobning hayot yo‘li, ilmiy va ijodiy yo‘nalishdagi nomoddiy madaniy merosi bilan yaqindan tanishish va peshqadam muzeyshunoslik g‘oyalarini almashish bo‘yicha ahamiyatga molik maydonga aylanishi muqarrar»— deyiladi xabarda.

 Agentlikni Buxoro viloyati boshqarmasi delegatsiyasining Eronga tashrifi chog‘ida tadbirni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Avvalroq, «Kursiv» Alerte Héritage kompaniyasi Buxoro markazidagi sayyohlik zonasi loyihasidan xavotirda ekanligini e’lon qilgan edi.

Shuningdek