“Ferrari” a’zosi Toshkentga keldi

eʼlon qilindi
Charlz Lekler O‘zbekiston poytaxtiga tashrif buyurdi
Foto: RIA- Novosti

«Formula-1» turniri ishtirokchisi va Ferrari jamoasi piloti Charlz Lekler bir kun avval Toshkentga yetib keldi, deb xabar berdi Chempionat portali.

Jurnalistlarning yozishicha, Lekler O‘zbekistonga mamlakat avtosport va karting federatsiyasi (NAKFU) taklifiga binoan tashrif buyurmoqda. Tashkilot veb-saytida poygachining tashrifi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

O‘zbekistonda Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Bosh assambleyasining yozgi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Lekler Monakoda tug‘ilgan. Formula-1 poygalarida qatnashadi va 2022-yilgi mavsumda vitse-chempion bo‘lgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yilning kuzida Gollivud aktyori Kevin Speysi Toshkentga kelganini yozgan edi.

Shuningdek