Oʻzbekistonda svetoforlarni xususiylashtirish mumkinligi haqidagi xabarlar rad etildi

eʼlon qilindi
Yoʻl harakati xavfsizlik xizmati mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi
Foto: Pexels.com

Oʻzbekistonda endi jismoniy yoki yuridik shaxslar, hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalariga xat bilan murojaat etgan holda, oʻzlari istagan joyda svetofor oʻrnatishlari mumkin haqidagi xabarlar tarqaldi. Yoʻl harakati xavfsizlik xizmati mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, svetoforlarni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish mahalliy hokimiyat organlariga yuklatilgan.

«Yoʻl harakatini tartibga solish vositalarini oʻrnatish vazifasi masʼul idora va tashkilotlar zimmasiga aniq yuklatilgan boʻlib, istalgan jismoniy yoki yuridik shaxslar bunday vositalarni oʻzboshimchalik bilan yoki qandaydir ruxsat asosida oʻrnatish vakolatiga ega emasligini maʼlum qilamiz», — deyiladi rasmiy munosabatda.

Avvalroq poytaxtdagi chorrahalarga 605 ta aqlli svetofor o‘rnatilishi haqda xabar bergan edik.

Shuningdek