Trampning cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan oltin krossovkalari sotib boʻlindi

eʼlon qilindi
Bir jufti 399 dollarni tashkil qiladi

Foto: AP

Amerika Qoʻshma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Tramp tomonidan ishlab chiqarilgan oltin krossovka xaridorlarga manzur keldi va barcha tovarlar sotib boʻlindi.

Bir juft Never Surrender krossovkalarining narxi 399 dollarni tashkil qilib, Oyoq kiyimida Amerika bayrogʻi tasviri va lotincha «T» harfi aks etgan.

Tramp ishlab chiqarilgan mingta krossovkadan oʻntasiga oʻz imzoni qoʻygan.

Tramp joriy yilga boʻlib oʻtadigan AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda sobiq davlat rahbariga ochilgan bir qator sudlar davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Donald Tramp firibgarlik boʻyicha 355 million dollar jarimaga tortilgani haqda yozgan edi.

Shuningdek