Yaponiya O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun $246,2 million ajratadi

eʼlon qilindi
Ajratilgan mablag‘lar mamlakatning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi
Foto: Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Yaponiya O‘zbekistonga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturlari uchun $246,2 milliondan ortiq mablag‘ ajratadi. Bitimni Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zRdagi vakolatxonasi rahbari Yoshibumi Bito imzoladi.

Ajratilgan mablag‘lar mamlakatning bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Kredit yapon iyenasida 30 yil muddatga, o‘n yillik imtiyozli davr bilan ajratiladi. Foiz stavkasi yiliga 1,8% ni tashkil qiladi.

Bugungi kunda JICAning O‘zbekistondagi ustuvor yo‘nalishlari iqtisodiy infratuzilmani, xususiy sektorni va qishloq joylarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashdir.

1993-2021-yillarda JICA kreditlari ko‘magida mamlakatimizda 1,5 milliard dollarlik tashabbuslar amalga oshirilgan edi.

Kelgusida agentlik energetika va tibbiyot sohalarini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Avvalroq «Kursiv» JICA o‘zbek chorvachilikini qo‘llab-quvvatlash uchun 200 million dollar ajratishini haqda xabar bergan edi.

Shuningdek