Ismoilov va Matvienko parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qildi

eʼlon qilindi
Ular O‘zbekiston va Rossiya munosabatlariga baho berdilar
Фото: Совет Федерации РФ

Moskvada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov va RF kengashi raisi Valentina Matvienko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar parlamentlar oʻrtasidagi hamkorlikni muhokama qildilar, deb xabar qildi Rossiya tomoni matbuot xizmati.

Qonunchilik palatalari rahbarlari O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar darajasi bugungi kunda «har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik» sifatida tavsiflanayotganini ta’kidladilar.

«Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida alohida ishonch munosabatlari o‘rnatilgani o‘zaro hamkorligimiz uchun qulay muhit yaratmoqda. Rossiya prezidenti va O‘zbekiston prezidenti parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda», — dedi Matvienko.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalar, mintaqaviy aloqalar va ta’lim sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston parlamentariylari 2024-yil sentabr oyida boʻlib oʻtadigan Yevroosiyo ayollar forumida ishtirok etish taklifini oldi.

2023-yil sentabrida Matvienko Moskvadagi «Lazgi» baletiga tashrif buyurgani avvalroq xabar qilingan edi.

Shuningdek