Oʻzbekistonda 1-iyunga qadar navbatda turgan besh yuz nafar yetim bolaga uy-joy beriladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Davlat rahbari ularni uy-joy bilan taʼminlash tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqish zarurligini taʼkidladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda 1-iyunga qadar 500 nafar yetim bolaga uy-joy berish toʻgʻrisida topshiriq berdi.

Yigʻilishda davlat rahbari yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlash tizimini toʻliq qayta koʻrib chiqish zarurligini taʼkidladi.

Buning uchun «Inson» markazi uy-joyga muhtoj yoshlar roʻyxatini tuzadi. Ularga beriladigan uy-joyning narxi maʼlum bir hududning bozor narxidan kelib chiqib belgilanadi va bu uchun joriy yil 140 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, davlat rahbari yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan yosh bolalarni kasb-hunarga oʻrgatish, ularga dehqonchilik qilish uchun yer berish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Vazirlar Mahkamasiga ota-onasiz qolgan oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilarini davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish boʻyicha tizim yaratish topshirildi.

Aynan shu yig‘ilishda prezident O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratish maqsadida bino va inshootlarni qurish loyihasi majburiy ekspertizadan o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Shuningdek