O‘zbekistonda IT-sertifikatlari uchun kompensatsiya oshiriladi

eʼlon qilindi
60 foizgacha
Foto: billiondigital/Depositphotos

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab xalqaro IT sertifikatlarini olish uchun to‘lovlar miqdori oshiriladi. Endi to‘lov avvalgidek umumiy xarajatlarning 50 foizini emas, balki 60 foizini qoplaydi, deya xabar qildi O‘zR Raqamli texnologiyalar vazirligi hukumat qaroriga tayanib.

Agar IT-sertifikati egasi ingliz tilini B2 (ilg‘or) va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lsa, u holda davlat xarajatlarning 100 foizini qoplaydi.

Kompensatsiya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirish kerak bo‘ladi. Abituriyent sertifikat nusxasini, imtihon toʻlovi uchun kvitansiyani va IT-kurslarini tamomlaganligi haqidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak. 16 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari ham ota-onalari yoki vasiylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshidan xususiy maktablar IT sohasida ishlayotgan bitiruvchilar uchun bir martalik subsidiyalar olishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq, «Kursiv» Zulfiya mukofoti endilikda IT- sohasida ishlayotgan ayollarga ham taqdim etilishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek