O‘zbekistonda maishiy chiqindilardan ikkilamchi xomashyo birjada sotiladi

eʼlon qilindi
Yangi tizim 2024-yilning yozida ishlay boshlaydi
Foto: Unsplash

O‘zbekiston hukumati mamlakatda maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmini oshirmoqchi. Bu borada bir qator chora-tadbirlar rejalashtirilgan bo‘lib, ular bir kun avval davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda muhokama qilingan edi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati.

Shu tariqa, 1-iyundan mamlakatda maishiy chiqindilardan ikkilamchi xomashyoni faqat birjada sotish rejalashtirilgan. Chiqindilarni alohida yig’ish uchta toifaga bo’linadi: «Qayta ishlanadigan», «Qayta ishlanmaydigan» va «Oziq-ovqat».

Bundan tashqari, mamlakatda chiqindilarni buning uchun mo‘ljallanmagan joylarga tashlash uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Davlat bu sohada xususiy sheriklikni rivojlantirib, chiqindixonalar yaqinida iqtisodiy zonalar tashkil etmoqchi.

O‘zbekistonda har yili o‘rtacha 6,8 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Ayni paytda mamlakatimizda uni qayta ishlaydigan 313 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

2024-yil yanvar oyida O‘zbekiston prezidentining «Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingan edi. Uning maqsadi bu sohaga yangi boshqaruv usullari va texnologiyalarini joriy etishdan iborat.

Shuningdek