
«O‘ztransgaz» Rossiyadan gaz importini oshirish maqsadida magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish uchun $470 million sarmoya jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu maqsad investitsiya dasturida belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, shimoliy yo‘nalishda tabiiy gaz importini oshirish maqsadida magistral gaz quvurlari tizimini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
Loyiha 2024-2030 yillarga mo’ljallangan. Loyiha xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida yonilg‘i yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli gaz shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani xabar qilingandi.