Bugun, 21-fevral kuni soat 21:00 Osiyo chempionlar ligasi (OCHL) 1/8 finalining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Qarshining Nasaf futbol klubi BAAning Al-Ayn jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Birinchi oʻyindan keyin hech narsa hal boʻlgani yoʻq. Kurash davom etadi. Biz ertangi oʻyin uchun yaxshi tayyorgarlik koʻrdik. Ertaga ijobiy natija uchun maydonga chiqamiz. Lekin bu oson boʻlmaydi. Chunki raqib ertaga oʻz maydonida oʻynaydi. Raqibimiz tajribali va kuchli jamoa. Shunga qaramasdan biz oʻz oldimiz qoʻygan vazifamizni bajarish uchun maydonga chiqamiz — deb oʻz fikrlarini matbuot anjumanda bildirib oʻtdi Nasaf bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev.
Nasaf futbolchisi Bobir Abdixoliqov esa, jamoa 100 foizga tayyorligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 14-fevral kuni 1/8 finalining birinchi uchrashuvida Qarshida Nasaf Al-Ayn bilan o‘z maydonida durang o‘ynagan edi.
Avvalroq, «Kursiv» Yevropa chempionlar ligasini 1/8 finalidan joy olgan o‘yinlarni natijasini e’lon qilgan edi.