Qancha oʻzbekistonlik mehnat muhojiri Rossiyada ishlamoqda

Rossiyada ishlash uchun ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining soni mavsumga qarab oʻzgarib turadi. Hozirgi vaqtda ularning soni 1 millionga yaqin. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari oʻrinbosari Xoʻjaakbar Fayzullaxoʻjayevning maʼlumotlariga tayanib TASS xabar qildi.
«Hozirgi vaqtda 1 millionga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilmoqda», — dedi Fayzullaxoʻjayev.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekiston fuqarolari Buyuk Britaniya, Germaniya, Litva, Janubiy Koreya, Yaponiya va Turkiyada ham ishlamoqda. Umumiy hisobda 2 millionga yaqin mamlakat aholisi xorijda mehnat qilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Markaziy Osiyodan borgan mehnat muhojirlar qanday qilib, Rossiya-Ukraina urushiga tushib qolayotgani haqida yozgan edi.