O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Qozon shahriga boradi, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.
Davlat rahbari 21- fevraldan 3-martgacha bo‘lib o‘tadigan «Kelajak o’yinlari» ochilish marosimida ishtirok etadi. Musobaqada 107 davlatdan jamoalar, jumladan, O‘zbekiston sportchilari ishtirok etishadi.
Tashrif doirasida strategik sheriklik masalalarini muhokama qilish uchun ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi rejalashtirilgan.
Avvalroq, «Kursiv» Ismoilov va Matvienko parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni muhokama qilishgani haqida e’lon qildi.