Toshkent havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo shaharlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

eʼlon qilindi
PM2.5  konsentratsiyasi 39 baravar yuqori
Фото: Piqsels

IQAir portali maʼlumotlariga koʻra, soat 10:00 holatiga koʻra, Toshkent havosidagi PM2.5 zarralari miqdori meʼyordan 39 baravarga oshgan. Bu dunyodagi barcha shaharlar orasida eng yomon ko’rsatkichdir.

Ikki soat oldin bu zarralarning shahar atmosferasidagi kontsentratsiyasi odatdagidan 28 baravar yuqori edi.

IQAir Toshkent aholisiga derazalarni yopish, havo tozalagichlardan foydalanish, ochiq havoda jismoniy faollikga chek qo‘yish va niqob kiyishni tavsiya qiladi.

PM2.5 – chang, asfalt, avtomobil shinalari va og’ir metall birikmalarining mayda bo’laklari.

Avvalroq, Kursiv havodagi zararli zarralar xavfi va ularning ta’siridan o’zingizni qanday himoya qilish haqida yozgan edi.

Shuningdek