Yandex Go yoʻlovchilarga naqd pul koʻrinishidagi toʻlovlar uchun elektron chek berishni boshladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Naqd pul koʻrinishidagi toʻlovlar uchun
Foto: Yandex Go

Yandex Go yoʻlovchilarga naqd pul koʻrinishidagi toʻlovlar uchun elektron chek berishni boshladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

«Onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yoʻlovchi tashish dinamikasi Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasida aks etmoqda», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Dekabr oyida Yandex Go ilovasi orqali 80,1 nafar oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar tomonidan 4,4 million tashuvlar amalga oshirilgan. Yanvar oyida qatnovlar soni 5 millionga yetib, ularga 113,5 ming nafar haydovchi xizmat koʻrsatgan.

Davlat soliq qoʻmitasi kelgusida boshqa onlayn taksi agregatorlari ham soliq organlari bilan integratsiya qilinishini maʼlum qildi. Shuningdek, toʻlov shaklidan qatʼiy nazar cheklarni berish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda.

Avvalroq Oʻzbekiston Transport vaziri Ilhom Mahkamov Yandex.Go kompaniyasining elektron tijorat va logistika xizmatlari bosh direktori Daniil Shuleyko bilan uchrashib, respublikada yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish masalalarini muhokama qilgan edi.

Shuningdek