Yangiliklar

22-fevral kuni Respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi

Qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: MBEQIRI / depositphotos.com

Bugun, 22-fevral kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab va kechasi tuman tushishi ehtimoli bor va yo‘llarda yaxmalak bolishi mumkin. Havo harorati 1-6 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Poytaxtda ertalab va kechasi tuman tushishi ehtimoli bor, yomg‘ir yog‘maydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatilisshi mumkin. Havo harorati kunduzi 3-5 iliq bo‘ladi, kechasi esa 4-6 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida ham havo bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi va qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati kunduzi 2-7 daraja sovuq, kechasi esa 8-13 sovuq bo‘ladi.