O‘zbekiston Rossiya gazi importini uch baravar oshirish niyatida

eʼlon qilindi
Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi
Foto: kodda / Depositphotos

O‘zbekiston hukumati Rossiyadan gaz importi hajmini 3,6 baravarga oshirmoqchi, deb xabar berdi «Vedomosti».

Jurnalistlar mamlakat hukumatining «Gazprom»dan xaridlarni kuniga hozirgi 9 milliondan 30 mln kub metrgacha oshirishni nazarda tutuvchi qarori bilan tanishdi. Yillik import 11,68 mlrd kub metrni tashkil qiladi.

Ushbu hajmdagi Yonilg‘i tashishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston magistral gaz quvurlari tizimini modernizatsiya qilmoqchi. Buning uchun 2024 -yildan 2030-yilgacha $500 mln ajratiladi.

2023-yil dekabrida «Gazprom» rahbari Aleksey Miller O‘zbekistonga 15-yil davomida gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolanganini ma’lum qilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» 2024-yil yanvarida O‘zbekistonda gaz qazib olish 7,4 foizga kamayganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek