Putin va Mirziyoyev mintaqaviy aloqalar va iqtisodiy masalalarni muhokama qildi

eʼlon qilindi
Ikki davlat rahbarlari Qozonda uchrashdi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Qozon shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya rahbari Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi respublika rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbarlari savdo aylanmasini rivojlantirish, davlatlar mintaqalari o‘rtasidagi hamkorlik va transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Matbuot xizmatining taʼkidlashicha, Putin va Mirziyoyev «O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar».

Rossiya va O‘zbekiston sanoat, energetika, transport, farmatsevtika va kimyo sohalarida hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Mamlakatimiz hududida texnoparklar mavjud bo’lib, ularning rivojlanishida Rossiya Federatsiyasi kompaniyalari ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev bir kun avval Qozonga tashrif buyurib, u yerda «Kelajak o‘yinlari» musobaqasining ochilish marosimida ishtirok etgan edi.

Shuningdek