Yangiliklar

Toshkent havo ifloslanishi boʻyicha shaharlar reytingida ikkinchi oʻrinni egalladi

IQAir portali maʼlumotlariga koʻra
Foto: Piqsels

IQAir portali maʼlumotlariga koʻra, havo ifloslanishi boʻyicha shaharlar reytingida Toshkent ikkinchi oʻrinni egalladi, birinchi oʻrindan Dehli joy oldi.

22-fevral kuni ertalab Toshkent shahri atmosferasida PM2,5 miqdori 108 mg/m3 ni tashkil etdi, bu normadan 21,6 baravar yuqori.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha Toshkent atmosferasi eng ifloslangan shaharlar reytingida birinchi oʻrinni egallagan edi. Havodagi PM2,5 konsentratsiyasi odatdagidan deyarli 40 baravar yuqori edi.

Avvalroq, Kursiv Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasi atrof-muhitga zarar yetkazgani uchun 1 milliard soʻm jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.