O‘zbekistonda bir sutkada avtomobil haydovchilariga 3,2 million kub metrdan ortiq gaz yetkazib berildi

eʼlon qilindi
Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Piqsels

22-fevraldan O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalarining faoliyati qayta tiklana boshladi. Bir sutka davomida mamlakatdagi jamoat va shaxsiy transport uchun gaz quyish shoxobchalariga 3,2 million kub metrdan ortiq gaz yetkazib berildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev.

Gaz respublika boʻyicha 481 ta gaz toʻldirish punkti orqali yetkazib berildi.

Shuningdek, 22 fevral kuni «O‘zbekneftgaz» tomonidan yonilg‘i quyish shoxobchalariga 4,3 ming tonna benzin yetkazib berildi.

Shuningdek, birja savdolarida aholiga 3,4 ming tonna benzin va 1,3 ming tonna dizel yoqilg‘isi sotildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 18-fevraldan boshlab yoqilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar kiritilgan edi. Sababi mamlakatdagi iqlimiy vaziyatning keskin yomonlashgani edi.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekiston Rossiyadan gaz importini uch baravar oshirish niyatida ekani haqida yozgan edi.

Shuningdek