O‘zbekistonlik taniqli gimnastikachi Oksana Chusovitina jahon kubogining final bosqichiga yo‘llanma oldi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Germaniyaning Kotbus shahrida jahon kubogi bo‘lib o‘tmoqda
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Oʻzbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Germaniyada boʻlib oʻtayotgan sport gimnastikasi boʻyicha jahon kubogi finaliga yoʻllanma oldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Birinchi kun natijalariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasidan faqatgina Oksana Chusovitina saralashdan muvaffaqiyatli oʻtib, final yoʻllanmasiga ega chiqdi. Ertaga hamyurtimiz tayanib sakrash dasturida medallar uchun kurash olib boradi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Maʼlumot uchun, 22-25-fevral kunlari Germaniyaning Kotbus shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtmoqda. Bugun shuningdek, saralash bosqichida Rasuljon Abdurahimov (brus), Dildora Oripova (erkin mashq va toʻsin) va Odina Robizxonova (erkin mashq va toʻsin) chiqish qilishdi.

Eslatib oʻtamiz, sentabr oyida Oksana Chusovitina badiiy gimnastika boʻyicha World Challenge Cup serise musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Shuningdek