Dohaga o‘z so‘risi bilan. Crafting Uzbekistan ko‘rgazmasida nimalar namoyish etildi

eʼlon qilindi
Qatar dizayn biennalesida
Foto: Madaniyat va san’at jamg‘armasi

Livanlik dizayner Nada Debs va o‘zbekistonlik usta Sirojiddin Rahmatillaev tomonidan yaratilgan an’anaviy so‘rining zamonaviy varianti Doha dizayn biennalesida taqdim etilgan «Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads» ko‘rgazma loyihasining bosh eksponatiga aylandi.

O‘zR Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Qatar poytaxtiga olib kelingan ko‘rgazmadan O‘zbekiston muzey kolleksiyalaridan 49 ta eksponat o‘rin olgan.

Foto: Madaniyat va san’at jamg‘armasi

Ko‘rgazmaning yana bir muhim eksponati an’anaviy o‘zbek rang va naqshlarida tayyorlangan «optik sath» bo‘ldi. U Fond tomonidan Bahraynning Shepherd studiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ko‘rgazma 30-martgacha davom etadi.

Shuningdek