Farmatsevtika agentligining sobiq boshlig’i 18 yilga, Quramax Medical rahbari esa 20 yilga hukm qilindi

eʼlon qilindi
Doc-1 Max ishi bo'yicha 86 bola jabrlanuvchi sifatida tan olingan
Foto: Pixabay

O‘zbekistonda Doc-1 Max ishi bo‘yicha 23 kishi jazoga tortildi. Jumladan, Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyev 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi O‘zA.

Kariyevning sobiq o‘rinbosarlari Amirxon Azimov va Nodirbek Musaevning har biri 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Quramax Medical kompaniyasi direktori Ragnevdra Pratar 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Doc-1 Max ishi bo’yicha 86 bola jabrlanuvchi sifatida tan olingan. Ulardan 68 nafari vafot etgan.

Avvalroq «Kursiv» prokuror Doc-1 Max ishi bo‘yicha farmatsevtika agentligining sobiq rahbarlariga 18 yil qamoq jazosi so‘ragani haqida yozgan edi.

Shuningdek