O‘zbekiston fond bozori «qizarib ketdi»

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
"Kursiv" kotirovkalar sharhini tayyorladi
Foto: leungchopan / www.depositphotos.com

O‘tgan haftada «Toshkent» Respublika fond birjasidagi yuqori likvidli 28 ta aksiyadan 19 tasi arzonlashdi. UCI indeksi 1,4 foizga pasaydi. Qimmatli qog‘ozlari arzonlashgan emitentlar ro‘yxatiga «O‘zbektelekom», «Hamkorbank» va «O‘zmetkombinat» kirdi. Hafta davomida narxlar qanday o’zgargan – «Kursiv» maqolasida o‘qing.

Moliyaviy sektorda sezilarli pasayish «Biznesni rivojlantirish banki» (-16,3%) va Universalbank (-11,6%)da kuzatildi. «Ipoteka-bank» (-0,85 foiz) va «Hamkorbank» (-3,76 foiz) oddiy aksiyalari u qadar ayanchli natijalarni ko’rsatmadi. «Agrobank» (-3,06%) va «Aloqabank» (-5,33%) imtiyozli aksiyalari ham haftani qizil zonada yakunladi.

O‘tgan yili birjaga chiqqan kompaniyalardan «O‘zbektelekom» sezilarli darajada arzonlashgan (5 ming so‘mgacha). Emitent aksiyalari IPO narxidan (6 ming) deyarli 17 foizga past sotilmoqda. Kotirovka narxi 70,5 ming bo’lgan UzAuto Motors kompaniyasi ham investorlarni xursand qilmayapti (-0,69%). «O‘zbekinvest»ning imtiyozli aksiyalari biroz oshdi (+0,07%).

28 ta yuqori likvidli aktsiyalardan faqat sakkiztasi haftani yashil zonada yakunladi, ammo ularning hech biri qiymatning sezilarli o’sishini ko’rsatmadi.

O‘tgan hafta davomida RFB birja platformasida 7,2 milliard so‘mlik qimmatli qog‘ozlar bilan 13,1 ming bitim amalga oshirildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fond bozori fevral oyining birinchi yarmini qanday yakunlagani haqida yozgan edi. 15-fevral kuni «Hamkorbank» aksiyalari savdosi qayta tiklandi va bu qimmatli qog‘ozlar darhol o‘sishni ko‘rsatdi.

Shuningdek