Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda
Oʻzbekiston Britaniya kinoijodkorlari bilan hamkorlikda shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
«Moʻgʻullar» seriali prodyuseri Mamta Kaashi hamda «Scenario films» kompaniyasi ssenaristi Garet Jons Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi vakillari bilan ushbu mavzuni muhokama qildi.
Boʻlajak film ssenariysi «Boburnoma» avtobiografik asari asosida ishlab chiqilishi, shuningdek, filmni ingliz tilida suratga olish va filmning Gʻarb bozorlarida namoyish etilishi koʻzda tutilgan.
Tomonlar masalani Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi va Kinematografiya agentligi bilan batafsil muhokama qilishga kelishib oldi.
Maʼlumot uchun, Zahiriddin Muhammad Bobur Temuriy shahzodalardan boʻlib, 1483-yilda Andijonda tugʻilgan. 1528—1858-yillarda Hindistonda mavjud boʻlgan Boburiylar sulolasining asoschisidir. Qolaversa, Bobur ham shoir va olim sifatida tarixga kirgan. Jumladan, «Aruz haqida risola» va «Mubayin» falsafiy-diniy asarini yozgan.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil yozida Shvetsiyada Alisher Navoiy va Bobur qoʻlyozmalari topilgani haqida maʼlum qilgan edi.