“Toshshahartransxizmat” Toshkent viloyatida avtobus yonib ketishiga izoh berdi

eʼlon qilindi
Avtotransport 2013 yilda foydalanishga topshirilgan
Foto: Pixabay

«Toshshahartransxizmat» Toshkent viloyatida avtobus yonib ketishi holatiga izoh berdi. Hodisa 26-fevral kuni ertalab soat 8:24 da Yuqorichirchiq tumanida sodir bo‘lgan.

Yong‘in, voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chirish brigadalari tomonidan o‘chirildi. Jabrlanganlar yo’q, deya ta’kidladi kompaniya.

Ayni paytda «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish-texnik boʻlimi xodimlari tomonidan avtobusning texnik koʻrikdan oʻtkazilayotgani qayd etildi.

Avtobus 2013-yilda foydalanishga topshirilgan va Jumabozor Qoʻrgʻoni – Aviasozlar yoʻnalishida yo‘lovchilarni tashigan.

Video: Telegram-kanal Police.uz

Avvalroq Kursiv O‘zbekiston yong‘inlar uchun jazoni kuchaytirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek