G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlar yaqin kunlarda to‘xtatilishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi
Foto: REUTERS/Jonathan Ernst

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) yaqin kunlarda Isroil va Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasidagi harbiy harakatlar to‘xtatilishiga umid qilmoqda, dedi prezident Jo Bayden.

 «Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchim biz yaqin ekanimizni aytdi (vaqtinchalik sulhga erishishga – Tahr.). Biz yaqinmiz. Lekin biz hali tugatmadik. Umid qilamanki, kelasi dushanbagacha o‘t ochishni to‘xtatamiz», — dedi Bayden jurnalistlar savoliga javob berar ekan. Uning so’zlarini Reuters agentligi iqtibos keltirdi.

Nashrning qayd etishicha, yaqinda Qatarda urushayotgan tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar o‘z samarasini bergan ko‘rinadi. Ularning natijalari AQSh rahbarining bayonoti bilan bog’liq.

Amerikalik muzokarachilar 10-mart kuni muqaddas Ramazon oyi boshlanishiga qadar HAMAS tomonidan garovga olinganlar evaziga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi bo‘lishdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Isroil va HAMAS muzokaralar natijalari haqida hali ochiq gapirmagan.

Bir kun avval «Kursiv» Isroil Falastin aholisini Rafah shahridan evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqanini yozgan edi.

Shuningdek