Oʻzbekiston 2024-yilning yakuniga qadar eksport hajmini 1,5 baravar oshirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish ham ko‘zda tutilgan
Foto: Unsplash

2024-yilning yakuniga qadar Oʻzbekistonning $25 milliard mahsulot eksport qilishi koʻzda tutilgan. Bu oʻtgan hisobot davriga nisbatan bir yarim barabar koʻpdir. Bu haqda mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda belgilab berildi.

Bundan tashqari, davlat rahbari Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlish uchun tayyorgarlik bosqichlaridan oʻtish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Oxirgi yetti yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,5 barabarga oshib, bu koʻrsatkich $63 milliardga yetdi.

Maʼlumot uchun, JST jahonda savdoni liberallashtirishga qaratilgan xalqaro tashkilot boʻlib, yangi savdo kelishuvlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul, shuningdek, imzolangan hujjatlarga rioya etilishini ham nazorat qiladi.

Avvalroq «Kursiv» JSTga aʼzo boʻlish mamlakat iqtisodiyotini qanday oʻzgartishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek