Oʻzbekistonda isteʻmolchilarning ichimlik suvdan qarzdorligi 954 mlrd soʻmni tashkil qiladi

eʼlon qilindi
Eng ko‘p qarzdorlik Toshkent shahri va Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi
Foto: Unsplash

Bugungi kunda respublikada isteʼmolchilarning ichimlik suvdan debitor qarzdorligi 954 mlrd soʻmni tashkil qilmoqda. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻzsuvtaʼminot» AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

Shundan jismoniy isteʼmolchilarning qarzdorligi 767 mlrd soʻmni tashkil etsa, 186 mlrd soʻmlik qarzdorlik yuridik isteʼmolchilar hissasiga toʻgʻri keladi.

Shu bilan birga, qarzdorliklarni o’ndirish bo’yicha ham ishlar olib borilmoqda. Joriy yil yanvar oyi holatida debitor qarzdorlikni qisqartirish boʻyicha sudlarga jami 13,6 mlrd soʻmlik daʼvo arizalar kiritilgan.

Hududlar kesimida bo’lsa, sudlarga eng koʻp daʼvo arizalari Toshkent shahri va Samarqand viloyati suv taʼminoti korxonalari tomonidan chiqarilgan.

Shuningdek, joriy yilda aholining markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti 74,4 foizdan 77,2 foizga oshganini koʻrish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent shahrida issiq suv va issiqlik taʼminotining narxi oshganligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek