Toshkent viloyatidagi elektropoyezdlarda yo‘l haqini karta orqali to‘lash mumkin bo‘ladi

eʼlon qilindi
Tizim allaqachon poytaxt va Xo‘jikent o‘rtasidagi poyezdlarda joriy qilingan
Foto: Transport vazirligi

«Toshkent-Xojikent» elektropoyezdi yo‘nalishida transport va bank kartalari orqali to‘lov tizimi joriy etildi. Bunday xizmat boshqa yoʻnalishlarda ham paydo boʻladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Transport vazirligi.

Vazirlik yo‘lovchilar yo‘l haqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektropoyezd vagonlarida to‘lashi mumkinligini tushuntirdi. ATTO bank va transport kartalaridan foydalaniladi.

Xizmat Toshkentdan Bekobod, Angren, shuningdek, Xovos yo‘nalishlarida joriy etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek parlamenti a’zolari fikricha, chiptalar savdosidagi korrupsiya muammosi mamlakat transport sanoati uchun hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek