Zoir Mirzayev: “Telefonsiz maktab” tashabbusini amalga oshirgan maktablarga 300 million soʻm beraman”

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Pulni qanday sarflashni maktablarning oʻzi hal qiladi
Foto: UZA

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Chirchiq shahrida maktab direktorlari bilan bo‘lgan uchrashuvda «Telefonsiz maktab» tashabbusini ilgari surdi. Dars vaqtida telefonlardan butunlay voz kechgan maktabni 300 million soʻm bilan ragʻbatlantirishini aytdi.

«Telefonsiz maktab» tashabbusini amalga oshirgan maktablarga 300 million soʻm beraman. Gap-soʻzsiz. Men pul beraman, shu ishni qilganlarni ragʻbatlantirmoqchiman”, — deydi Zoir Mirzayev.

Uning qoʻshimcha qilishicha, pulni qanday sarflashni maktablarning oʻzlari hal qiladi.

Bundan tashqari, Mirzayev yig‘ilishda Nurafshon, Angren va Ohangaron tumanlari xalq taʼlimi boʻlimlari rahbarlariga maktab oʻquvchilarining oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishi yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgani uchun 12 million soʻm miqdorida ragʻbatlantirish mukofotlarini taqdim etdi.

Avvalroq Oʻzbekiston maktablarida gazlangan ichimlik va tez tayyorlanadigan taomlarni sotishni taqiqlash rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek