AQSh valyutasining o‘rtacha qiymati deyarli 11 so‘mga ko‘tarildi

eʼlon qilindi
Uning qiymati 12 496,80 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

29-fevral kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 11,86 so‘mga ko‘tarildi va 12 496,80 so‘mni tashkil qildi.

Bugun mamlakatning banklari dollarni 12 425 – 12 440 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 485 — 12 545 so‘mdan sotishmoqda.

Fuqarolar xarid qilishlari uchun AQSh valyutasining eng qulay narxi Invest Finance Bank, Tenge bank, Kapitalbank va Hayotbankda belgilangan. Eng yuqori narxda dollarni Garant bank, BRB va Anor Bank moliya institutlarida sotish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni dollarning o‘rtacha qiymati 15,07 so‘mga pasaygan edi.

Shuningdek