Rossiyaning Evraz Steel Box kompaniyasi Oʻzbekiston qurilish bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Joriy 2024-yilda kirishni maqsad qilgan
Foto: schock/Depositphotos

Rossiyaning Evraz Steel Box kompaniyasi 2024-yilda Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bozoriga chiqish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Leonid Lazutkin maʼlum qilgan.

Rossiya Federatsiyasi korxonasi metall konstruksiyalardan bino va inshootlarni qurish bilan shugʻullanadi. Lazutkinning soʻzlariga koʻra, mamlakatimiz yigʻma konstruksiyalar bozorini rivojlantirish salohiyatiga ega.

«20 yil ichida u yerda aholi ikki baravar koʻpayib, oʻrnashib ketdi. Shunga koʻra, u yerda qurilishga ehtiyoj juda katta», — dedi Leonid Lazutkin.

Bugungi kunda Evraz Steel Box korxonasi Evraz metallurgiya kompaniyasi tarkibiga kiradi. Kompaniyaning loyiha portfeli Rossiyaning turli mintaqalarida sanoat binolari, doʻkonlar, logistika markazlari, sport zallari va boshqa obyektlarni qurishni oʻz ichiga oladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning oʻnlab hududlarida oʻgʻitlarni saqlash omborlari paydo boʻlishini haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek