
Bugun, 29-fevral kuni Tashkent City Mall ochildi. «Kursiv» savdo markazi ochilishini kuzatdi va fotoreportaj tayyorladi.
City Mall’da taniqli kiyim-kechak brendlari Pull&Bear, Bershka, Stradivarius bugundan ish boshladi.


Zara bugun soat 16:00 ochilishi kutilmoqda. Sportmaster va boshqa brendlar do’konlari ertaga, 1 martdan ochila boshlaydi. Tashkent City Mall ochilish marosimi 20-martga belgilangan yoki Ramazon hayitidan so‘ng bo‘lib o‘tishi mumkin, deb xabar berdi «Kursiv»ga savdo markazi ma’muriyati.







Savdo markazining to‘rtinchi qavatida joylashgan «Cinematica» kinoteatri ham ish boshladi.

